Ishxonada qimor o‘ynagan mansabdorlar ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Avvalroq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani moliya bo‘limi boshlig‘i va hokim yordamchisi xizmat xonasida karta o‘ynagani haqida xabar berilgan edi

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Abdullayevning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan joriy yilning 23 oktyabr kuni Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Daliyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Dilshodbek Daliyevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, ishdan bo‘shash haqidagi arizani o‘z xohishi bilan yozgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab  bo‘lgan mazkur surat joriy yilning 26 avgust – dam olish kunida olingan. 

“Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi. Alloh nazaridan qolmasam bo‘ldi. Men o‘zimni oqlamoqchi emasman. Xato qilgan bo‘lsam, qonun oldida javob beraman. Mard bo‘lib arizamni yozib, kecha ishdan ketganman”, deydi u.

Shuningdek, QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, Uchko‘prik tuman hokimining qarori bilan tuman iqtisodiyot, moliya bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Rahmonaliyev ham yuqoridagi sabab bilan kecha, 24 oktyabr kuni ishdan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona mansabdorlar Uchko'prik karta bandlik bo'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing