ISHIDning o‘zbekistonlik a’zolariga qalbaki pasport tayyorlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati hududida qalbaki pasport tayyorlash kanali aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘sh viloyatida tug‘ilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi X.U.O. (ayol kishi) ushbu holatni ISHID terrorchilik tashkilotining ayrim a’zolari iltimosiga ko‘ra sodir etgan. Ayol O‘sh viloyatidagi aholini ro‘yxatga olish va pasportlashtirish organlaridagi aloqalari orqali O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonning qalbaki pasportlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘zbekistonliklar terrorchilik faoliyatida ishtirok etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.

Ayolning yashash joyida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining 2 dona pasporti topilgan. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ayni paytda yuqoridagi pasportlarning tayyorlanishi va berilishining qonuniyligini aniqlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Qirg'iziston o'zbekistonik O'sh qalbaki pasport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing