ISHID Rossiyada terakt uyushtirmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Rossiya bugun, 30 aprelga o‘tar kechasi aksilterror operatsiyasi Yekaterinburgning chekkasida amalga oshirildi. Maxsus operatsiya terrorchilik faoliyatiga aloqador yashiringan guruh haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan so‘ng boshlandi. Jangarilar Yekaterinburgning Chkalovskiy tumanidagi xususiy uyda qurshab olindi. Qo‘shni uylarning aholisi evakuatsiya qilindi. 

“Jangarilar taslim bo‘lish taklifiga rozi bo‘lmay, o‘t ochishdi. Ular Rossiya FXX maxsus kuchlari tomonidan zararsizlantirildi. Otishma sodir bo‘lgan joyda uy qurilishi uchun ishlatiladigan portlovchi moslama, qurol va o‘q-dorilar topildi”, deyiladi Milliy terrorizmga qarshi qo‘mita xabarida.

Tinch aholi orasida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan.

Keyinchalik, olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Yekaterinburgda yo‘q qilingan uch jangari ISHID terrorchilik tashkiloti tarafdorlari ekanligi aniqlandi.

“Qo‘mitaning tezkor shtab-kvartirasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, ular xalqaro terrorchilik tashkiloti ISHID tarafdorlari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jangarilar yuqori darajadagi terrorchilik jinoyatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya IShID

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing