Ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTMlar tugatilishi mumkin

Jamiyat

image

Ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik rahbari Ibrohim Abdurahmonov OTMga quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini yanada jadallashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kengaytirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha rektorlar va mas’ul prorektorlari bilan onlayn formatda yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda dastlab barcha oliy ta’lim muassasalarini muqobil energetikasiga o‘tkazish masalasi muhokama qilingan. Rektorlarga universitet va institutlarning o‘quv va talabalar turar joylari binolarini to‘liq quyosh energiyasi panellari bilan jihozlash topshirildi.  

Vazir yig‘ilish davomida quyosh panellari OTMning yillik elektr energiya sarfining kamida 70 foizini qoplashi shartligini ta’kidladi. Bu maqsadga erishish uchun barcha ta’lim muassasalarining mavjud o‘quv, laboratoriya, yordamchi va yotoqxona binolarining tom qismini texnik tomonlama quyosh panellarini o‘rnatish imkoniyatini aniqlash va quyosh panellarini o‘rnatishga sarflanadigan xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha topshiriq berildi.

So‘ng, oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari, xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Buning uchun rektorlarga o‘z xodimlarining farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yo‘lga qo‘yishi tavsiya etildi.

Shuningdek, OTMdagi iqtidorli talabalar ro‘yxatini tuzish va ular bilan alohida ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish masalasida takliflar berildi. 

"Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb, topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM bitiruvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing