Ishdan haydalgan Asaka tumani hokimiga uch kun o‘tib mukofot puli yozildi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2022
18044Andijon viloyati Asaka tumanining sobiq hokimi Mansurjon Alixonov joriy yilning 27 sentyabr kuni ishdan haydalganidan uch kun o‘tib, mukofot puli oldi. Bu haqda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Oybek Zaynobidinov farmoyishida belgilangan. Hujjat “e-qaror” portalida e’lon qilingan.
Farmoyishda Asaka tuman hokimligining 50 nafar xodimga, jumladan, sobiq hokim Mansurjon Alixonovga mehnat shartnomasining 4-bo‘lim 3-qismiga va tasdiqlangan shtatlar jadvaliga asosan, ish xaqi fondi hisobidan 2022 yil III chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish xaqini 50 foizi miqdorida hamda shtatlar jadvalida belgilangan moddiy rag‘batlantirish fondi hisobidan 45 foiz miqdorida mukofot pullari to‘lanishi belgilangan.
Ahamiyatli tomoni shundaki, Asaka tumani hokimi Alixonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.
Mukofotlangan hokim 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yerni noqonuniy ajratgan. Ayni shu tumanda bir yarim yil (2021-2022 yillar) ichida yer bilan bog‘liq noqonuniy holatlar bo‘yicha 15 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi