Ishda kelishmovchiliklar qanday bartaraf etilishi kerak?

Foydali

image

Ishda biror marta bo‘lsa ham rahbari yoki  hamkasbi bilan nizoga bormagan xodim bo‘lmasa kerak. Sababi, ishxonada kelishmovchiliklar bo‘lmasa, bu aynan shu yerda  o‘sish, rivojlanishi to‘xtaganligini bildiradi. Ish joyidagi to‘qnashuvlar nafaqat professional qarama-qarshiliklar, balki shaxsiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, to‘qnashuvlarga nima sabab bo‘lishidan qat’i nazar, har doim siz ushbu vaziyatni tinchlik yo‘li bilan bartaraf eta olasiz. Quyida bunday vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishingiz borasida bir qancha tavsiyalarni beramiz:

•    O‘zaro aloqani darhol tushuntirishga kirishmang. Raqibingiz sal hovuridan tushishi uchun suhbatni boshqa vaqtga ko‘chiring. Siz esa bu vaqtda xatti-harakatlarning taktikasini o‘ylab ko‘rasiz.

•    O‘zaro tanqid va bosimdan tashqariga chiqishga harakat qiling. Shunday qilib, sizga bo‘ladigan o‘tkir hujumlarni e’tiborga olmaysiz va suhbatdosh bilan shu mavzu doirasida xotirjam muloqot qilsangiz bo‘ladi.

•    Ba’zan raqibning yagona maqsadi sizni hissiyotlarga berilishga majburlash bo‘ladi. Bunday holatda, haqorat va tanqidlarga o‘zingizni  yo‘qotmay, javob berish muhim sanaladi.

•    Xotirjamlikni saqlang hamda boshqa tomon sizni eshitishi uchun nutqni o‘rtacha darajasini saqlang.

•    To‘g‘ri so‘zlarni tanlang. “Men sizni tushunaman”, “Ha, lekin”, “Bu oson ish emas” va boshqalar nizolarda e’tiroz va qarama-qarshilikni kamaytirishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

ish konflikt

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing