Ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibatida bir yilda halok bo‘lganlar soni aytildi 

Jamiyat

image

Davlat mehnat inspeksiyasining 2025 yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 849 ta mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Shulardan 216 ta hodisa o‘lim bilan, 583 tasi og‘ir oqibatli, 50 tasi guruhiy hodisalar sifatida qayd etilgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, jabrlanganlar soni 961 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ulardan 248 nafari vafot etgan, 680 nafari esa og‘ir jarohat olgan. Shuningdek, 33 nafar fuqaro yengil jarohatlangan.

Hisobotga ko‘ra, sanoat tarmoqlaridagi eng ko‘p baxtsiz hodisalar qurilish sohasiga to‘g‘ri kelgan. 

  • Qurilish: 234 ta
  • Yengil sanoat: 47 ta
  • Transport: 37 ta
  • Qishloq va suv xo‘jaligi: 36 ta
  • Energetika: 34 ta
  • Sog‘liqni saqlash: 27 ta
  • Navoiy KMK: 22 ta
  • Olmaliq KMK: 11 ta
  • Kimyo sanoati: 11 ta
  • Maktabgacha ta’lim: 8 ta
  • Boshqa sohalar: 370 ta 

Shuningdek, eng ko‘p baxtsiz hodisalar Toshkent (153 ta) shahrida yuz bergan bo‘lsa, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida bu ko‘rsatkich 16 ta tashkil etgan va hududlar bu borada eng ijobiy natijani qayd etgan. 

  • Toshkent shahri: 153 ta
  • Toshkent viloyati: 75 ta
  • Andijon: 75 ta
  • Qashqadaryo: 93 ta
  • Buxoro: 92 ta
  • Navoiy: 65 ta
  • Samarqand: 53 ta
  • Farg‘ona: 50 ta
  • Sirdaryo: 46 ta
  • Qoraqalpog‘iston: 47 ta
  • Jizzax: 35 ta
  • Namangan: 33 ta
  • Xorazm: 16 ta
  • Surxondaryo: 16 ta 

Bundan tashqari, ushbu holatlar ortidan 432 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shuningdek, 241 nafar shaxsga ma’muriy jarima qo‘llangan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida shunday baxtsiz hodisalardan biri Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi choyxonada sodir bo‘lgan bo‘lgan edi. Hududda yong‘in chiqishi va gaz balloni portlashi oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etib, 29 kishi jabrlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

baxtsiz hodisa 2025 yil Hisobot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing