“Isbot bor”. BP Qurilish vazirligi poraxo‘r xodimi bo‘yicha yolg‘on ma’lumot tarqatganini aytmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, Xorazmda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori pora bilan ushlangani haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga tayanib ma’lumot bergan edik. 

Buning ortidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bayonot berib, 1000 AQSH dollari miqdorida pora bilan qo‘lga olingan xodim tizimdan pora bilan qo‘lga tushishidan avval ishdan bo‘shatilganini iddao qilib chiqdi.

O‘z navbatida, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ham vazirlikning raddiyasini javobsiz qoldirmadi va unga munosabat bildirdi.

Departamentning qayd etishicha, Xorazm viloyatining Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. U Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida ishlovchi R.R. qarindoshi R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilib, natijasiga ko‘ra ob’ektni qabul qilish rad qilingan bo‘lsada, R.R. xizmat mavqeidan foydalanib, ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu murojaat hamda olingan tezkor ma’lumotlarga asosan joriy yilning 31 yanvar kuni yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori R.R. fuqaro R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaatini ijobiy hal qilib berishi evaziga o‘zi talab qilgan 1 000 AQSH dollarini Urganch shahri markazidagi savdo kompleksining avtoturargohida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro R.R. Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida ishlashi, inspeksiya tomonidan taqdim etilgan rasmiy hujjatlar, ma’lumotnoma, maxsus guvohnoma, tabel hamda tezkor tadbir jarayonida olingan videolavha orqali tasdiqlangan (mavjud ma’lumot va videolavhalar tergovga taqdim qilingan).

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made