Izboskanda mast o‘g‘il ota-onasini shafqatsizlarcha o‘ldirdi – Bosh prokuratura
Jamiyat
−
22 fevral 2020
19737O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmagani oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati ko‘paygan. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Bosh prokuraturada o‘tgan Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Unda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning qayd etishicha, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida kuzatilayotgan ayrim kamchilik va nuqsonlar sohadagi islohotlarga soya solmoqda.
2019 yilda jinoyatlar soni Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolgan.
Qotillik jinoyati Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, og‘ir shikast yetkazish Qashqadaryoda, nomusga tegish Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryoda, bosqinchilik Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli oshgan.
Yig‘ilishda qotillik jinoyati aksariyat hollarda oila – turmush va oddiy maishiy munosabatlar zamirida kelib chiqqani, qarindosh urug‘lar yoki qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizo va kelishmovchiliklar to‘liq bartaraf etilmayotgani, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz bergan.
Misol uchun, Izboskan tumanida biron joyda ishlamaydigan, ichkilikka ruju qo‘ygan K. uyida mast holda nogiron otasi va onasi bilan janjallashib, ularni shavqatsizlarcha o‘ldirgan.
Samarqand shahrida Yu. esa otasi mast holda uning o‘g‘lini so‘kkanligi uchun uni arzimagan janjal oqibatida pichoqlab, o‘ldirgan.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga doir masalalar muhokama qilindi.
LiveBarchasi