O‘zbekistonda axborot sohasiga oid yangi qonun qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda “Axborotdan foydalanish erkinligi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasida keltirib o‘tilgan.

Ushbu Qonunning maqsadi konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishda erkin va hech qanday to‘siqlarsiz axborotlarni izlash, olish, tekshirish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, foydalanish va saqlash, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, tashkilotlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 30 ta moddani o‘z ichiga oladi.

Axborotdan foydalanish erkinligi va kafolati

Har bir fuqaroga axborotdan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Axborot ochiq va oshkora, ishonchli hamda hamma foydalanishi mumkin bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.

Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tadqiq qilish, uzatish tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi.

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar. Axborotdan foydalanish uning nashr etilishi va (yoki) Internet axborot tarmog‘ida joylashtirilishi, shuningdek, qonun hujjatlari va tegishli materiallarni tarqatish orqali ta’minlanadi.

Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olish doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi hamda axborot mulkdori egasining axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z faoliyatiga doir foydalanishi cheklanmagan barcha ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlashi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

tsenzura Axborot

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing