100 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilgan. Mashina belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomashina yukxonasidagi pishiriq qutilari ortiga hujjatlari bo‘lmagan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan 80 dona televizor borligi aniqlangan. Ularning qiymati 100 million so‘mligi aytilmoqda.

“Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bojxona televizor

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing