Iroq shimolida vertolyot qulashi oqibatida turk askari halok bo‘ldi
Olam
−
05 Sentabr 2022
4815Kecha, 4 sentyabr kuni Iroq shimolida vertolyot qulashi oqibatida bir turk askari halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Serjant Umit Kesti [Iroq shimolidagi] “Tirnoq qal’a” aksilterror operatsiyasi hududida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Voqea soat 23:45 da ro‘y bergan.
Qayd etilishicha, Turkiya vertolyoti Iroq shimoliga favqulodda qo‘ndirilgan. Yetti nafar askar qutqarilgan.
Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
LiveBarchasi