Iroq parlamenti kvorum yo‘qligi sabab Prezidentni saylay olmadi

Olam

image

Iroq Parlamenti bugun, 7 fevral kuni mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organi yig‘ilishida kvorum yo‘qligi sababli yangi davlat rahbarini saylay olmadi. 

Parlament majlisiga 329 nafar xalq deputatidan atigi 58 nafari kelgan, deputatlarning uchdan ikki qismi ovoz berishlari shart edi. Parlament spikeri Muhammad Al-Xalbusiy oxir-oqibat bu masalani ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishga majbur bo‘ldi. 

Avvalroq, shia siyosatchisi va ilohiyotchisi Muqtada As-Sadr tarafdorlari (73 deputat), shuningdek, sunniylar suveren koalitsiyasi (67 o‘rin), Kurd demokratik partiyasi (31 deputat) va Turkman fraksiyasi (7 mandat) tarafdorlari saylovlarga boykot e’lon qilgan edi.  

Iroq konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentlik etnik kurd tomonidan amalga oshiriladi. Prezidentlik uchun jami 25 nafar siyosatchi, jumladan, amaldagi davlat rahbari Barham Solih da’vogarlik qilmoqda. 

Prezidentlikka saylanish uchun parlament a’zolarining kamida uchdan ikki qismining qo‘llab-quvvatlashi talab qilinadi. 

Iroq parlamenti ochilganidan keyin bir oydan kechiktirmay (9 yanvar) prezidentni saylashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing