Iroqning sobiq prezidenti BMTda yuqori lavozimga saylandi

Olam

image

BMT Bosh Assambleyasi Iroq vakili Barham Ahmad Solihni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha navbatdagi Oliy komissari etib sayladi. U 2026 yil 1 yanvardan boshlab besh yil muddatga BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasini (UNHCR) boshqaradi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Solih ushbu lavozimda italiyalik Filippo Grandining o‘rnini egallaydi. Yangi Oliy komissar Iroq va Iroq Kurdistonida 30 yildan ortiq vaqt davomida davlat xizmatida ish tajribasiga ega. U 2018-2022 yillarda Iroq prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, Kurdiston mintaqaviy hukumati bosh vaziri sifatida ikki bor (2001-2004 va 2009-2012 yillarda) ishlagan. Bundan tashqari, u 2004-2009 yillarda Iroq bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan va ayni paytda rejalashtirish vaziri lavozimini ham egallagan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, Solih diplomatik, siyosiy va ma’muriy rahbarlik sohasida katta tajribaga, shuningdek, inson huquqlari va gumanitar faoliyat masalalarida chuqur tushunchaga ega. Uning faoliyati xalqaro va mintaqaviy jarayonlarda ishtirok etish, inqirozli muzokaralar olib borish hamda milliy islohotlarni amalga oshirish tajribasini o‘z ichiga oladi. U 2003 yildan keyin Iroqning urushdan keyingi tiklanish jarayonida muhim rol o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Barham Ahmad Solih Antoniu Guterrish BMT Bosh Assambleyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing