Iroqdagi AQSH elchixonasi va aviabazasiga hujum qilindi
Olam
−
05 yanvar 2020
9060Iroq poytaxti Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin vaziyat borgan sari murakkablashyapti. Kecha, 4 yanvar kuni "Balad" aviabazasi hududida ikkita raketa portlagan. Raketalar bazaning ombor qismiga tushgan.
Hozircha hodisada halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Aviabaza Bag‘dod shimolida joylashgan. U yerdan AQSH harbiylari foydalanadi.
The aftermath of latest rocket attack on al-Jadriyah district central #Baghdad. At least three wounded. pic.twitter.com/FJmB2vDAAZ
— Barzan Sadiq (@BarzanSadiq) 4 yanvarya 2020 g.
Bundan tashqari, Bag‘dod markazidagi “yashil hudud” ham raketa hujumiga uchragan. Bu kvartalda xorijiy va hukumat binolari, jumladan AQSH elchixonasi joylashgan. Politsiya amerika diplomatik korpusi yaqiniga bitta raketa tushganini ma’lum qildi.
Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dod xalqaro aeroportiga havo hujumi vaqtida o‘ldirildi. Pentagon operatsiyaga buyruq shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan kelganini ma’lum qildi.
Sulaymoniy boshchiligidagi “Quds” bo‘linmasi Eronning mamlakat tashqarisidagi o‘ta muhim operatsiyalarini amalga oshirgan. Shuningdek, general to‘g‘rtidan-to‘g‘ri Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiyga bog‘langani haqida ma’lumotlar mavjud. Uning o‘limidan keyin Oliy rahbar AQSHdan qasos olishni va’da berdi va keyinroq Sulaymoniyning o‘rinbosari Ismoil Qoonini “Quds” qo‘mondoni etib tayinladi.
LiveBarchasi