Iroqda turmush qurish yoshiga qarshi namoyishlar avj oldi

Olam

image

Iroqda 9 yoshga to‘lgan qizlarni turmushga berishni nazarda tutgan qonun loyihasi butun mamlakat bo‘ylab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ayollardan tarkib topgan huquq faollari qonun loyihasining tasdiqlanishini “bolalarni zo‘rlashning qonuniylashtirilishi” deb atagan.

“Iroqdagi siyosiy tizimda hukmronlik qilayotgan shia diniy guruhlari 10 yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatda ayollar huquqlarini buzishga intilib kelmoqda”, deya yozgan nashr.

Iroq Adliya vazirligi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan. Rasmiylarga ko‘ra, qizlarni boshlang‘ich maktabdan so‘ng darhol turmushga berish kerak. Bu ularga axloqsiz munosabatlardan qochishga yordam beradi. O‘g‘il bolalar uchun esa turmush qurish yoshini 15 yosh etib belgilash taklif qilinmoqda.

Iroqda 1950 yillardan beri 18 yoshdan oldin turmush qurish taqiqlangan.

Qonun loyihasida nikoh yoshini pasaytirishdan tashqari, oilalarga ajrashish, bolalar va mol-mulk bo‘linishi, meros bo‘yicha – dunyoviy hokimiyat yoki diniy vakillar masalalarini kim hal qilishini tanlash huquqini berish taklif etiladi. Mutaxassislarning fikricha, bu ayollar huquqlarining keng miqyosda buzilishiga olib keladi, chunki barcha ishlar erkaklar foydasiga hal qilinadi.

Ayni paytda Iroqdagi qonun loyihasi butun mamlakat bo‘ylab noroziliklarga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq turmush qurish yoshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing