Iroqda to‘liq blekaut: butun mamlakat elektrsiz qoldi

Olam

image

Iroqning barcha hududlarida istisnosiz elektr energiyasi uzilib qoldi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlik bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan.

Iroq Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi elektr uzatish tarmoqlarining katta qismi avariyaviy texnik nosozlik tufayli o‘chib qolgan. Vazirlik mutaxassislari elektr ta’minotini tezroq tiklash uchun darhol ta’mirlash ishlarini boshlagan.

OAV xabariga ko‘ra, 4 mart kuni Iroqning barcha viloyatlarida elektr energiyasi uzilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat mintaqadagi keskinlik fonida yuz bergan. Mintaqadagi vaziyat AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi zarbalar berilganidan keyin yanada taranglashgan edi.

Shu bilan birga, RIA Novosti nashrining yozishicha, Iroqda elektr uzilishining asosiy sababi texnik nosozlik bo‘lib, u mintaqadagi vaziyat keskinlashgani fonida yuzaga kelgan.

“Sizlarga ma’lum qilamizki, elektr uzatish liniyalarining aksariyati avariyaviy texnik nosozlik tufayli o‘chirilgan. Vazirlikning tegishli guruhlari elektr ta’minotini tezroq tiklash uchun zudlik bilan ta’mirlash ishlarini boshladi. Yaqin bir necha soat ichida elektr ta’minotini qayta tiklashga umid qilmoqdamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiyada yirik miqyosdagi elektr ta’minoti uzilishi – blekaut sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Iroq blekaut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing