Iroqda Telegram bloklandi

Olam

image

Iroqda Telegram messenjeri bloklandi. Bu haqda mamlakat Aloqa vazirligi ma’lumotlarga tayanib, “Reuters ” agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu qaror milliy xavfsizlik hamda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari yaxlitligini saqlash maqsadida qabul qilingan. Vazirlik Telegram rahbariyatidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va bu turdagi axborotlarni oshkor etuvchi kanallarni o‘chirib tashlashni so‘ragan. Biroq, Iroq rasmiylarining aytishicha, kompaniya so‘rovga hech qanday javob bermagan.

“Aloqa vazirligi davlat va uning institutlari xavfsizligiga putur yetkazmagan holda, fuqarolarning so‘z va muloqot erkinligi huquqlariga hurmat bilan qarashini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi Iroq hukumati bayonotida.

Ma’lumot uchun, ilgari Telegram messenjeri faqat Eron va Xitoyda to‘liq bloklangan edi. Turli vaqtlarda dastur Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston va Indoneziyada vaqtincha cheklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing