Iroqda tartibsizlik. Eron konsulligiga hujum vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
04 noyabr 2019
4259Kecha, 3 noyabr kuni Iroqning Karbalo shahrida joylashgan Eron Islom Respublikasi konsulligiga namoyishchilar bostirib kirishga urindi. Unda 12 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi.
Iroqning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bugun e’lon qilgan bayonotida, yakshanba kuni kechqurun Karbalo viloyatida sodir bo‘lgan voqealarni o‘z kuzatuv guruhlari orqali kuzatganini aytdi. Kuchlar va namoyishchilar Eron konsulxonasiga kirishga uringanlarida, ularga xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘q uzilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissiya halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar soni orti borayotganini qoraladi. Komissiya xavfsizlik kuchlarini to‘qnashuvlar mezonlariga va o‘qdan foydalanmaslik qoidalariga to‘liq rioya qilishga va namoyishchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzgan odamlarni tergov uchun yuborishga chaqirdi.
Komissiya barcha namoyishchilarni namoyishlar uchun mo‘ljallangan joylarda qolishga va tinch namoyishlarni davom ettirishga va diplomatik binolarga xavf solmaslikka chaqirmoqda. “Chunki bu Iroq uchun majburiy bo‘lgan xalqaro shartnomalarning buzilishi hisoblanadi va biz barcha tomonlarni uzoqroq turishga chaqiramiz”, deyiladi komissiya bayonotida.
Bugun, 4 noyabr kuni erta tongda xavfsizlik kuchlari Eronning Kərbalo shahridagi konsulligi oldida namoyishlarni bostirishdi.
O‘nlab namoyishchilar konsullikni o‘rab olishdi, Eron bayrog‘ini tushirdilar, uning o‘rniga Iroq bayrog‘ini ko‘tarishdi va bino atrofidagi beton bloklarga o‘t qo‘yishdi, deyiladi xabarlarda.
Asosan shialar yashaydigan bir qator shaharlarda, shu jumladan Bag‘dodda namoyishchilar talablarini qondirish uchun sud, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarga, siyosiy partiyalarga va hokimiyat kuchlariga bosimni kuchaytirish maqsadida bugun hukumat idoralari umumiy ish tashlashni boshladilar.
LiveBarchasi