Iroqda motam e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 17 iyul kuni Iroqning El-Kut shahridagi “Hypermarket” savdo markazida kuchli yong‘in yuz bergani oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi hamda shaharda 3 kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda INA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 63 nafar halok bo‘lganlardan tashqari 43 kishi jarohat olgan va ularning ko‘pchiligining ahvoli og‘ir. 
Iroq Bosh vaziri Muhammad as-Sudaniy voqea yuzasidan zudlik bilan choralar ko‘rishni buyurgan. Ichki ishlar vaziriga yong‘in joyiga borib, holatni o‘rganish, sabablarini aniqlash va ayniqsa, loqaydlik yoki ehtiyotsizlik bo‘yicha aniq va qat’iy choralar ko‘rish topshirilgan. Shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun to‘liq jihozlangan tibbiy guruh yuborilgan.

Ichki ishlar vaziri Abdul Amir Ash-Shammari esa voqeani keltirib chiqargan aniq sabablarga oydinlik kiritish uchun maxsus komissiya tuzgan va bu ishda hech kimga nisbatan ayblovdan qochilmasligi qat’iy ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Lyaonin provinsiyasida joylashgan Lyaoyan shahridagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq El'-Kut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing