Iroqda amerikaliklar foydalanadigan baza hujumga uchradi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Iroqning Anbar viloyatida joylashgan va AQSH harbiylari foydalanadigan Ayn-al-Asad harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, o‘nta raketa xalqaro koalitsiya harbiy bazasi yaqiniga qulagan. 

Nashr manbalarida hujum natijasida yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan. 

"Al Jazeera" telekanalining xabar berishicha, Vashington Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlarni shu kabi bir qator hujumlarda ayblamoqda, ulardan biri shu yilning yanvar oyida bazaga ham urilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Pentagon AQSH harbiy-havo kuchlari Suriya-Iroq chegarasidagi eronparast harbiylashgan guruhlar “Kataib Hizbullo”, “Kataib Sayyid ash-Shuxada”ning ob’ektlariga zarba berganini ma’lum qildi. 

Mudofaa idorasi bu Eronning Amerika va koalitsiyaga qilgan hujumi uchun javob ekanini ma’lum qildi. 

AQSH Suriyaga Iroq razvedkasi ma’lumotiga tayanib zarba berdi va ularning aniqligiga shubha qilmayapti. 
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing