Iroqda al-Bag‘dodiyning “merosxo‘ri” qo‘lga olindi

Olam

image

Iroq razvedkasi ISHID terrorchilaridan biri Abdul Nosir Kirdashning hibsga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, aynan u terrorchilik tashkilotining sobiq rahbarining merosxo‘ri hisoblangan.

Ma’lumot uchun, 2019 yil oktyabr oyida al-Bag‘dodiy maxsus operatsiya paytida yo‘q qilinganligi ma’lum qilingan edi.

Bunga qadar AQSH ommaviy axborot vositalari maxsus operatsiya o‘tkazilgani, unda terrorchilik tashkiloti rahbari “ishonchli” tarzda yo‘q qilingani haqida bir necha bor xabar bergan edi.

Al Bag‘dodiyni yo‘q qilish ishi bilan Pentagon qo‘shma maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi vakillari shug‘ullanishgan. Ular Iroq tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlariga asosan harakatlanishgan. Oqibatda ISHID sobiq rahbari Idlibda yashirinib yurgani ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Iroq

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing