Iroq Bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi
Olam
−
07 Noyabr 2021 7648 1 daqiqa
Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning Bag‘doddagi qarorgohiga minalashtirilgan dron bilan hujum uyushtirildi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali Iroq Mudofaa vazirligiga tayanib, xabar berdi.
Shuningdek, Bag‘doddagi hukumat idoralari va xorijiy davlatlar elchixonalari joylashgan “yashil hudud”da otishma bo‘lgani xabar qilingan.
“Associated Press” nashrining xabar berishicha, Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy hujum oqibatida jabrlanmagan.
Iroq xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, dron ushlangan. Hujum ortida kim turgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr