Iroq Bosh vaziri iste’foga chiqmoqchi
Olam
−
01 dekabr 2019
3988Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy Iroqda ikki oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar sabab iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
“Myen parlamentga yangi nomzodlar ko‘rib chiqishini so‘rab, Bosh vazir lavozimidan ketishim haqida rasmiy iltimosnomani taqdim etaman”, deb aytgan Abdulmahdiy.
Bosh vazir bu bayonotni iroqlik shialar o‘rtasida eng nufuzli diniy shaxs hisoblangan oyatulloh Ali as-Sistaniyning juma namozdagi ma’vizasidan keyin bergan. As-Sistaniy parlamentni Iroq hukumati borasida o‘z tanlovini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi