Iroq hududiy suvlarida Eron kemasi cho‘kib ketdi

Olam

image

Eron yuk kemasi Iroqning hududiy suvlarida cho‘kib ketdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, voqea 4 iyun kuni yuz bergan. Hodisa paytida Erondan Iroqning Umm Qasr portiga qurilish materiallari va keramika tashiydigan kema bortida ekipajning yetti a’zosi bo‘lgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar yo‘q, ammo ayrim xabariga ko‘ra, Iroq dengizchilari bir necha eronlikni qutqarib olishgan va qolgan dengizchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Tehron Bag‘dod bilan tergovda o‘z ekspertlarining ishtiroki borasida maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Iroq

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing