Irlandiyalik futbolchi qizlar Isroil madhiyasi yangrayotganda asosiy tribunaga orqa o‘girdi

Sport

image

Irlandiya sporti o‘z davlatining Isroil siyosati va G‘azo sektoridagi harbiy harakatiga salbiy munosabatini bildirishda davom etmoqda. Yana bir muhim voqea bir necha kun oldin Yevro-2024 saralash o‘yini vaqtida yuz berdi.

Tiranadagi futbol o‘yinida Isroil madhiyasi yangrayotganda, Irlandiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan ayollar futbol terma jamoasi o‘yinchilari norozilik bildirib, asosiy tribunaga orqa qilib, yuzlarini o‘girib oldi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

Isroil futbol assotsiatsiyasi UEFA va FIFA ushbu voqea yuzasidan Irlandiya terma jamoasiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rishiga umid qilmoqda.

Irlandiya futbol assotsiatsiyasi raisi Pol Kuk Isroilga qarshi o‘yin o‘tkazilishiga ruxsat bergani uchun Irlandiya parlamentidagi qonunchilarning tanqidiga uchradi. Bunga javoban Kuk G‘azo sektoridagi vaziyatga qarshi bo‘lsa ham, mahalliy futbol boshqaruv organi UEFA qoidalariga bo‘ysunishini aytdi va bu tashkilot Rossiya bilan bo‘lgani kabi Isroilni ham musobaqadan chetlamaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Rigada “EuroBasket” saralash bahsida isroillik raqiblari bilan to‘qnashgan Irlandiya ayollar terma jamoasi a’zolari G‘azodagi urush tufayli raqib bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Irlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made