Irqchilik holati yuz berganda futbol o‘yini to‘xtatilishi mumkin
Sport
−
08 fevral
2761Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin irqchilik holatlarida o‘yinlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda mutaxassis UEFA kongressida aytib o‘tdi.
“Hakamlar o‘yinni to‘xtatishlari kerak. Biz butun dunyo bo‘ylab stadionlarda qattiqroq rejimni joriy etishimiz lozim. Men barcha birgalikda Bangkokda bo‘lib o‘tadigan FIFA'ning navbatdagi kongressida juda kuchli rezolyutsiyani qabul qilishni taklif qilaman”, deydi Cheferin.
Aleksandr Cheferin 2016 yil 14 sentyabrda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi prezidenti etib saylangan. 2023 yilning 5 aprelida UEFA'ning navbatdagi kongressida sloveniyalik futbol funksioneri eng ko‘p ovozga ega bo‘lib, uchinchi muddatga bahssiz asosda tashkilot rahbari etib qayta saylandi.