Cheferin o‘z lavozimiga qayta saylandi
Sport
−
05 aprel 2023
4039Bugun, 5 aprel kuni Lissabonda bo‘lib o‘tgan UEFA'ning 47-kongressida Aleksandr Cheferin tashkilot prezidenti etib qayta saylandi.
Cheferin yana to‘rt yil davomida Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi prezidenti lavozimida ishlaydi. U saylovda yagona nomzod sifatida g‘olib bo‘ldi.
55 yoshli futbol amaldori 2016 yildan beri UEFA'ga rahbarlik qilib kelmoqda. Sloveniyalik mutaxassis UEFA tarixidagi yettinchi prezident bo‘lib, u 2019 yilning fevralida qayta saylangandi.
Funksioner karerasini advokatlikdan boshlagan, 2011 yildan esa u Sloveniya futbol ittifoqini rahbari etib tayinlandi. 2016 yilda Cheferin korrupsiyaga aloqadorligi sababli UEFA'dagi faoliyatini to‘xtatgan fransiyalik Mishel Platinining o‘rniga tashkilot prezidenti etib saylandi.
LiveBarchasi