iPhone ishlatuvchilardan smartfonni 24 soatda bir marta o‘chirib turish so‘raldi

Texnologiya

image

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz iPhone ishlatuvchilardan smartfonni kamida 24 soatda bir marta o‘chirib yoqishni so‘radi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. 

Unga ko‘ra, smartfon har safar qayta ishga tushirilganda xakerlar masofadan o‘rnatishi mumkin bo‘lgan josuslik dasturlari uzib qo‘yiladi. Bu holatda xakerlar gadjetlarning operatsion tizimidagi zaiflikni topib, o‘z virusli dasturlarini ishga tushirishi uchun qo‘shimcha vaqt kerak bo‘ladi. 

“Har birimiz o‘z hayotimiz uchun javobgarmiz. Oddiy maslahat: har kecha smartfoningizni besh daqiqaga o‘chiring. Bu ishni har 24 soatda bajaring, tishlaringizni yuvayotganda yoki boshqa ish bilan mashg‘ul paytingizda shunday qilib turing”, deydi Avstraliya Bosh vaziri.

Shuningdek, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi bu maslahatni qo‘llab-quvvatlab, shu haftada kamida bir marta smartfonlarni o‘chirib, qayta yoqishni tavsiya qilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

iPhone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing