iPhone'ga emas, aql-idrokka tayaning – Apple

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi iPhone'ning navbatdagi eng qimmat bo‘lishi kutilayotgan avlodini sotuvga chiqarish arafasida xaridorlarni iPhone'dan foydalanish va xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi. Kompaniya bu haqda o‘zining rasmiy yordam bo‘limiga bayonot joyladi.

QALAMPIR.UZ'da ushbu qoidalarning eng muhumlari bilan tanishishingiz mumkin:
• Agar siz iPhone yoki batareyaga zarar yetgan, deb gumon qilsangiz, iPhone`dan foydalanishni to‘xtating. Chunki bu haddan tashqari qizib ketish yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

• Haddan tashqari qizib ketgan iPhone batareyasiga zarar yetmasligi uchun faqat malakali mutaxassis ta’mirlashi kerak.

• iPhone 7 va undan keyingi versiyalardagi yaqinlik sensorida, TrueDepth kamera tizimi va LiDAR skanerida bir yoki bir nechta lazer mavjud. Agar qurilma shikastlangan yoki noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, ushbu lazer tizimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘chirib qo‘yilishi mumkin. Agar siz iPhone`da lazer tizimi o‘chirilganligi haqida bildirishnoma olsangiz, kompaniya yoki Apple vakolatli xizmat ko‘rsatuvchi provayderiga murojaat qilishingiz kerak.

• Ba’zi hollarda iPhone`dan foydalanish sizni chalg‘itishi va xavfli vaziyatga duch qilishi mumkin. Masalan, velosiped haydashda quloqchinlardan foydalanmang va mashina haydash paytida matnli xabar yozmang.

• Xaritalar ma’lumotlar xizmatiga bog‘liq. Bunday xizmatlar o‘zgarishi mumkin va ular barcha mamlakatlar yoki hududlarda mavjud emas. Natijada xaritalar va joylashuvga asoslangan ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki butunlay mavjud bo‘lmaydi. Xaritalarda taqdim etilgan ma’lumotlarni reallik bilan solishtiring. Kerakli manzilni aniqlashda aql-idrokka tayaning.

Eslatib o‘tamiz, uzoq kutilgan iPhone 15 smartfoni 13 sentyabrda namoyish qilinishi mumkin. Oldindan buyurtmalar katta ehtimol bilan 15 sentyabrdan, sotuvlar esa 22 sentyabrdan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone xavfsizlik Apple iPhone 15

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing