Iordaniya qirolichasi G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi
Olam
−
27 Oktabr 2023
12393Iordaniya qirolichasi Raniya Faysal al-Yasin G‘arb davlatlari rahbarlari Isroilning G‘azo sektoridagi bombardimonlari oqibatida minglab tinch aholi vakillarining halok bo‘lganini oqlayotgani, ularning ikkiyuzlamachiliklari belgisi ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
"Butun Yaqin Sharqdagi odamlar, jumladan, Iordaniya ham G‘arbning yuz berayotgan falokatga munosabatidan hayratda va "demokratiya"dan hafsalasi pir bo‘ldi. Oxirgi ikki hafta ichida biz dunyoda ochiq-oydin ikki tomon borligiga guvoh bo‘ldik. 7 oktyabrda boshlangan xunrezliklardan so‘ng, ular(AQSH va G‘arb) bir so‘z bilan Isroilni himoya qilib, uning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatladi. Lekin ochiqchasiga begunoh falastinliklarning qoni to‘kilishiga hech narsa deya olmadi", deydi qirolicha CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Isroilning G‘azo sektorini “to‘liq blokada” qilib, aholi zich joylashgan G‘azoga tinimsiz havo hujumlarini uyushtirishi, izolyatsiya qilingan hududning butun aholisini oziq-ovqat va suv kabi hayotiy ehtiyojlaridan mahrum etishi, ochiqchasiga bir millatni qirishga urinish ekanligini bildirdi.
"Zamonaviy tarixda birinchi marta insoniyatning bunday azob-uqubatlarga duchor etilishi. Dunyo hatto o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmayapti. Shunday qilib, sukunat quloqlarni kar qiladi va mintaqadagi ko‘pchilikni Isroilning sherigiga aylantiradi", deya qo‘shimcha qilgan qirolicha Raniya.
Intervyu so‘ngida qirolicha "zamondoshlari"ga falastinlik onalar o‘z farzandlarini butun dunyodagi boshqa onalar kabi yaxshi ko‘rishini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohiliga havo hujumi uyushtirgandi.
LiveBarchasi