Iordaniya fuqarolarini zudlik bilan Livanni tark etishga chaqirdi
Olam
−
29 iyun
5408Iordaniya mintaqaviy taranglik sharoitida fuqarolarini zudlik bilan Livanni tark etishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 28 iyun kuni Iordaniya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “L’orient Today” nashri xabar berdi.
“Mintaqada vaziyat yaxshi emas, urush avj olishi mumkin. Livanda qolgan barcha Iordaniya fuqarolaridan menga shaxsan xabar berishlarini va Livanni imkon qadar tezroq tark etishlarini iltimos qilaman”, deydi Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Husayn al-Safadiy.
Shuningdek, Iordaniya hozirda Livanda istiqomat qilayotgan yoki sayohat qilgan fuqarolarni Bayrutdagi elchixonasi veb-saytidan darhol ro‘yxatdan o‘tishga undadi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda Isroil armiyasi va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasida keskinlik kuchayib, Tel-Aviv yaqinda Livanga keng miqyosli hujum operatsiyasi rejalarini ma’qulladi. Shundan so‘ng potensial to‘liq miqyosli urush mintaqadagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi qarshilik kuchayib borayotgani tufayli Pentagon AQSH harbiy kuchlarini Isroil va Livanga yaqinroq ko‘chirib, o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi. Qirg‘iziston hukumati ham respublika fuqarolariga Livan va Isroilga bormaslikni tavsiya qilgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr