Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi
Jamiyat
−
23 mart 2021
4535O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi o‘zaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirishni ta’minlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
• Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritiladi;
• 5 shtat birligidan iborat Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi.
Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil etiladi, u hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinadi.
Hujjatda vazir o‘rinbosarining hamda tashkil etiladigan boshqarmalarning vazifalari belgilangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga uch oy muddatda Prezidentning avval qabul qilingan qarorlari (12.04.2017 yildagi PQ-2885-son va 3.11.2018 yildagi PQ-3997-son) ijrosini puxta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan «yo‘l xaritalari»ni birlashtirish topshirildi.
LiveBarchasi