Interpol xalqaro qidiruvga bergan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda ushlandi
3-sahifa
−
02 avgust
10128Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyul kuni Interpol tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 1992 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi S. I. hibsga olingan.
Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs o‘z sheriklari bilan birgalikda soxta bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirgan, oqibatda O‘zbekiston davlat byudjetiga 12 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari chegarani noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatga kirib kelgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi.
LiveBarchasi