Interpol xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayolni BAAda ushladi
Jamiyat
−
05 fevral 2022 19154 1 daqiqa
Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi Abu-Dabi (BAA) Interpol Milliy byurosi bilan birgalikda Odam savdosida ayblanib, qidiruvga berilgan ayolni hibsga oldi va O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ayblanuvchi sotish va ekspluatatsiya qilish maqsadida, yaxshi maoshli ish va’da qilib, qizlarni BAAga olib borgan va u yerda pasportlarini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.
Ayol O‘zbekiston Respublikasini tark etgan, unga nisbatan sudlanuvchi sifatida sirtdan qaror chiqarilgan. 2013 yildan beri u Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.
Bugungi kunga qadar Interpol MMB va Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlarining muzokaralari va birgalikdagi tezkor harakatlari natijasida qidiruvdagi ayol BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr