Interpol qidirgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 mart kuni Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Turkiyadan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorazmlik 40 yoshli T.R. va toshkentlik 38 yoshli F.A. O‘zbekiston hududida yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Ular xalqaro qidiruvga berilgach, Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olingan.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida ushbu ikki shaxs Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, sud oldida javobgarlikka tortilishi uchun ortga qaytarilgan.

Bosh kunsullik hozirgi kunda ham O‘zbekiston hududida turli jinoyatlar sodir etib, Turkiya hududida yashirinib yurgan boshqa shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tegishli tezkor qidiruv hamda huquqiy choralar davom ettirilayotgtanini qo‘shimcha qilgan.

“Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamizki, o‘z vatanida jinoyat sodir etib, boshqa davlat hududida yashirinib yurish orqali javobgarlikdan qochib bo‘lmaydi. Har bir jinoyat uchun muqarrar ravishda adolatli sud qarori va tegishli jazo mavjud”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing