Internetda fuqarolarning pullarini o‘margan firibgar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida internetdagi soxta havola yordamida fuqarolarning pullarini o‘margan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Aytilishicha, Guliston tumanida yashovchi 24 yoshli (ayol) A.G. tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, uning bank kartasidagi 2 207 700 so‘m pullar “noma’lum shaxs” tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan.
     
Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Sirdaryo viloyati, Guliston tumanida yashovchi 36 yoshli (erkak) U.F. tomonidan sodir etganligi aniqlangan.
     
Unga ko‘ra U.F. jabrlanuvchi A.G.ga “Mukofot yutib oldingiz” mazmunidagi soxta havola yuborgan, A.G. o‘zining bank karta ma’lumotlarini va telefon raqamiga kelgan maxfiy kodni kiritganidan so‘ng plastik kartasidagi 2 207 700 so‘m pullar U.F. boshqaruv huquqini qo‘lga kiritish orqali, yechib olgan.
     
Mazkur holat yuzasidan U.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qonunga muvofiq, U.F.ga sodir etgan jinoiy harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Sirdaryo Internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing