Internet orqali fohishalik qilishga jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Olam
−
22 may
9813Qozog‘iston rasmiylari internet orqali jinsiy aloqa xizmatlarini tashkil qilish uchun jinoiy javobgarlikni joriy etishni, shuningdek, normalar ishlab chiqishda “fohishalik” tushunchasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar respublika parlamenti Majlisi (quyi palatasi) tomonidan ma’qullandi.
Deputatlar “Qozog‘iston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni unga qo‘shimchalar bilan birga ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjatda, xususan, fohishalik – jinsiy aloqa yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlar orqali boshqa shaxsning jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida, shu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalanish orqali jinsiy xususiyatga ega xizmatlarni pullik ko‘rsatish tushunchasi kiritilgan.
“Fohishalik” ta’rifining taklif etilayotgan tahriri fohishalikning bunday turlarini, jumladan, voyaga yetmaganlarni noqonuniy jalb qilgan holda ham qamrab olish va kelgusida tashkilotchilarni Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortish imkonini beradi. Bundan tashqari, qonun odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. Shunday qilib, odam savdosi jabrdiydalarining huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va bu boradagi xalqaro hamkorlik tamoyillari belgilab berilgan.
Unga kiritilgan o‘zgartirishlar Jinoyat kodeksiga jinoyatlarning yangi toifasi – odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni kiritadi. Majburlash usullarini kengaytirish nuqtayi nazaridan “odamni ekspluatatsiya qilish” tushunchasi xalqaro konvensiyalarga moslashtirilmoqda. Bundan tashqari, yangi qonun odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ishtirokchilari o‘rtasida murosaga kelish imkoniyatini istisno qiladi.
Majlis tomonidan qabul qilingandan so‘ng qonun ko‘rib chiqish uchun parlamentning yuqori palatasi – Senatga yuboriladi.
LiveBarchasi