“Inter” muxlislari “San-Siro”ni boykot qildi

Sport

image

Italiyaning “Inter” jamoasi  muxlislar stadionga kirish chiptalarining narxi keskin ko‘tarilganidan norozi. “Inter” jamoasining asosiy muxlislar guruhi “Curva Nord” “San-Siro” stadionidagi uy o‘yinlariga boykot e’lon qildi. Bu haqda “Football Italia ” nashri xabar berdi.

Bayonot “Torino” jamoasi bilan A Seriya ochilish o‘yinidan avval tarqatildi va unda muxlislar taqiqlar, cheklovlar va suiiste’mollarga duch kelayotganini ta’kidladi. Muxlislarning noroziligiga bir necha sabablar keltirildi: 

  • birinchidan, chipta va abonement narxlarining asossiz oshirilishi; 
  • ikkinchidan, “qora ro‘yxat”ga tushgan ko‘plab a’zolarning hech qanday sud qarorisiz yoki jinoyat qaydisiz abonementni yangilay olmasligi; 
  • uchinchidan, tribuna atributlari va koreografiyalarga qo‘yilgan qat’iy cheklovlar. 

“Curva Nord” guruhlari stadion tashqarisida qolishini ma’lum qildi va stadion ichida qoladigan muxlislarni ham sokin o‘tirib, shovqinsiz norozilik bildirishga chaqirdi. Bu qaror  “San-Siro” stadionidagi atmosfera va jamoaning ruhiyatiga ta’sir qilishi, shuningdek, klub rahbariyatini muxlislar bilan siyosat va tartiblarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, kecha, 25 avgust kuni A Seriya 1-tur uchrashuvi doirasida “San Siro” stadionida “Inter” jamoasi  “Torino” klubi ustidan 5-0 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

boykot “Inter” “San-Siro”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing