“Inter Mayami” jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
12 dekabr 2453 1 daqiqa
“Inter Mayami” argentinalik yarimhimoyachi Rodrigo De Paulning shartnomasini “Atletiko Madrid”dan sotib oldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli De Paul shu yil yozida “Atletiko Madrid”dan MLS klubiga 2025 yil oxirigacha ijara asosida kelgan bo‘lib, uning shartnomasida transferni 2029 yilgi mavsumga qadar doimiyga aylantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Endilikda klub ushbu imkoniyatdan foydalanib, De Paul bilan yiliga 12 million dollar maosh evaziga 4 yillik shartnoma imzolagan.
Shuningdek, klub 38 yoshli urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar hozirda muzokara olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, De Paul Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi Qatardagi Jahon chempionatida chempioni bo‘lgan edi.