“Inter Mayami” stadion maysalarini sotmoqda

Sport

image

Amaldagi MLS chempioni “Inter Mayami” jamoasi o‘zining uy stadioni “Cheys” maysazorining bir qismini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, esdalik sovg‘alari o‘lchamiga qarab 50 dollardan 725 dollargacha baholanmoqda. Aynan ushbu stadionda “Inter Mayami” klubi joriy yilning 7 dekabr kuni  Kanadaning “Vankuver” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, MLS chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lum qilinishicha, kelasi mavsumdan boshlab Mayami klubi o‘z uy uchrashuvlarini yangi “Mayami fridom park” stadionida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” klubi 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2020 yildan buyon MLSda ishtirok etib kelmoqda. Klub shu vaqtga qadar MLS muntazam mavsum kubogi (2024) va Shimoliy Amerika Ligasi kubogi (2023)ni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

MLS “Inter Mayami” “Vankuver”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing