“Inter Mayami” Messiga nimalarni va’da qilgan?

Sport

image

AQSHning “Inter Mayami” futbol klubi argentinalik  hujumchi Lionel Messiga rad etib bo‘lmaydigan darajada katta takliflar bergan. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, endilikda 35 yoshli  hujumchi “Apple+” ilovasi orqali Amerika chempionatidagi futbol uchrashuvlari va ularga doir kontentlarni tomosha qilgan har bir obunachi qilgan to‘lovdan ulush oladi.

Shuningdek, sporchiga  “Adidas” sport kiyimlari brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosidan ham ma’lum miqdorda pul ajratiladi. Kompaniya bunga rasman rozilik bergan.

Amerikaliklarning navbatdagi eng yaxshi taklifi bu, Messi professional faoliyatini yakunlaganidan keyin AQSH chempionatining istalgan bir klubini sotib olib, egalik qilish huquqidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi 2021 yildan buyon o‘ynab kelayotgan PSJni tark etgani ma’lum bo‘lgandi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing