“Inter”-“Barselona” bahsi YeCHL rekordini takrorladi

Sport

image

2024/2025 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) yarim finali doirasidagi Milanning “Inter” hamda Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘rtasidagi qarama-qarshilik gollar nisbati bo‘yicha ushbu bosqichdagi asosiy yevrokubok turnirining barcha vaqtlardagi rekordni takrorladi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.

Ikki uchrashuvda (3:3, 4:3) jamoalar 13 ta gol urdi. Bu Chempionlar ligasi yarim finali tarixidagi eng yaxshi natijadir. 2017/2018 yilgi mavsum o‘yinlarida ushbu bosqichdagi bitta qarama-qarshilikning ikkita o‘yinida bir xil miqdordagi gol kiritilgan. O‘shanda Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Roma”ni umumiy 7:6 (5:2, 2:4) hisobida mag‘lub etgan.

“Inter” joriy mavsumda PSJ-“Arsenal” qarama qarshligi g‘olibi bilan YeCHL finalida o‘ynaydi. Hal qiluvchi o‘yin 1 iyun kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Inter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing