“Inter” 10-marta Italiya kubogini qo‘lga kiritdi
Sport
−
14 may 528 1 daqiqa
Kecha, 13 may kuni Italiya kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Milanning “Inter” jamoasi “Latsio”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.
Rim shahrida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida hisob 14-daqiqada Adam Marushich avtogoli evaziga ochildi. 35-daqiqada esa Lautaro Martines “Inter”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Shu tariqa, “neradzurrilar” Italiya Kubogini o‘z tarixida 10-marta qo‘lga kiritdi. Bu musobaqa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Mazkur rekord esa, 15 ta sovrin bilan “Yuventus”ga tegishli.
“Inter” bungacha 1938-1939, 1977-1978, 1981-1982, 2004-2005, 2005-2006, 2009-2010, 2010-2011, 2021-2022 va 2022-2023 mavsumlarida ham Italiya Kubogida g‘olib chiqqan edi.
Milan klubi joriy mavsum yarim finalida “Komo”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, umumiy 3:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgandi. “Latsio” esa, yarim finalda “Atalanta”ni penaltilar seriyasida (asosiy hisob — 3:3, penaltilar — 2:1) taslim etib, finalga yo‘l olgan edi.
Live
Barchasi