Instagram pullik obunani joriy qiladi

Texnologiya

image

Instagram ijtimoiy tarmog‘i blogerlar o‘z kontentini yanada samaraliroq monetizatsiya qilishi uchun pulli obunalarni yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri ma’lum qildi.

“Joriy haftada biz kontent egalari yaxshiroq pul ishlashi uchun Instagram’da ilk obuna bo‘lish versiyasini yo‘lga qo‘yyapmiz”, deydi Mosseri.

Qayd etilishicha, yangi funksiya yordamida blogerlar auditoriyasini bo‘lishi va faqat ularga obuna bo‘lganlar uchun jonli efir, post va qisqa videoroliklar yaratishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq pullik obunachilarining izohlarini kontent yaratuvchilar uchun maxsus belgi bilan ajratib ko‘rsatadi. Yangi funksiya dastlab AQSHda sinovdan o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Instagram 2012 yildan buyon Facebook kompaniyasiga tegishli. Joriy yilning 28 oktyabr kuni esa Mark Sukerberg Facebook Connect 2021 onlayn taqdimotida Facebook  nomini Meta’ga o‘zgartirganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made