Bosh prokuror: Ijro hokimiyati saylovga aralashgan 11ta murojaat o‘rganilmoqda

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev saylov jarayonidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha o‘rganishlar boshlanganini aytdi. U kelib tushgan murojaatlar mazmunini ham ochiqladi. 

“Saylov jarayonidagi qonunbuzarlik holatlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan Shtabga kelib tushgan murojaatlarning 11 tasida mahalliy ijroiya hokimiyat organlari vakillari saylov jarayoniga nokonuniy aralashganligi haqidagi vajlar bayon etilgan. 

Kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi, yoki qariyb 56 foizida siyosiy partiyalar tomonidan muayyan shaxslarning nomzod sifatida ko‘rsatilmaganligi, buning oqibatida ular saylovda ishtirok eta olmagani qayd etilgan.

Shuningdek, murojaatlarning 7 tasida  nomzodlar deputatlikka mos emasligi haqida vajlar keltirilgan”, deya ma’lum qilgan Bosh prokuror matbuot anjumanida. 

Bosh prokuror shuningdek oilasi bilan o‘zi ham saylovga borgani haqida ma’lum qildi.
“Men ham o‘z muqaddas burchim ekanligi sabab, oilam bilan Yunusobod tuman 818-saylov uchastkasiga bordik. U yerda o‘z munosib deb bilgan nomzodlarga ovozimizni berdik. 

Saylovchilar uchun va komissiya a’zolari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. U yerda qonunbuzilish holatlari, yoppasiga blyuten tashlanayotgan holatni guvohi bo‘lmadim. Hammada bayramona kayfiyat. Hamma o‘zining fuqarolik burchini bajarayotganligini guvohi bo‘ldim”, deya ma’lum qildi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuror prokuror Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing