Inson ichki a’zolari savdosi bilan shug‘ullangan guruh ushlandi

Olam

image

Qozog‘istonda inson ichki a’zolarining savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda "Polisia.kz" xabar berdi.

Unga ko‘ra, 22 nafar gumonlanuvchi (tashkilotchilar, tibbiyot xodimlari, notariuslar, mijozlar va donorlar) Olmaota, Jambil va Turkiston viloyatlarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limlari tomonidan qo‘lga olingan. 

"Jinoiy guruh a’zolari mijoz va donorlarni qidirish, qalbaki hujjatlar tayyorlash va ichki organlar transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etish bilan shug‘ullangan. Kelishuv summasi 6-10 mln tenge (taxminan 20 ming dollar) bo‘lib, sakkizta shunday holatga oid dalillar topildi. Shuningdek, uch asosiy tashkilotchi qo‘lga olindi.  Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchilardan pul, hujjatlar, raqamli axborot vositalari va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yildi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, inson a’zolari va to‘qimalarini sotish qat’iyan taqiqlanadi.

Hozirda ushbu jinoiy guruhga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi 116-moddani nazarda tutib, “Inson a’zolari va to‘qimalarini majburan yoki qonunga xilof ravishda olib qo‘yish” bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchilarning mol-mulki musodara qilinishi va ularga o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ichki a'zolar savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing