Inoue tez orada kamardan voz kechadi – Xirn

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyevning promouteri, “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Butunjahon boks assotsiatsiyasini (WBA) yaponiyalik jahon chempioni Naoya Inouedan tashkilot kamarini olib qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda Xirn “talkSport” nashriga bergan intervyusida aytdi. 

Xirnning aytishicha, Inoue ikkinchi eng yengil vaznda WBA kamari uchun majburiy da’vogar, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishdan hamon qochib yuribdi. 

“Inoue Ahmadaliyevdan qochyapti. Naoyani bir necha bor Murodjondan kamarini himoya qilishga chaqirishdi,  biroq u har safar jangdan ochiqchasiga qochdi va Doxeni hamda Kimga qarshi jang qildi. WBA Inouega ortiqcha qochmaslik va kamarini Ahmadaliyevdan himoya qilish bo‘yicha so‘nggi ogohlantirishni berishi shart. Kuting, tez orada Naoya Inouening o‘zi kamardan voz kechadi”, deydi Xirn.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Inoue koreyalik Yo Jun Kimni mag‘lub etib, kamarlarini o‘zida saqlab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Eddi Xirn Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing