Inoue – Gudman jangi g‘olibi Ahmadaliyev bilan to‘qnashadi
Sport
−
02 noyabr
3147Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va Sem Gudman o‘rtasidagi jang g‘olibi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash kelishi borasida qaror qildi. Bu haqda “World Boxing” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar 24 dekabr kuni Inoue Gudmanni mag‘lub etsa, Ahmadaliyev esa Espinoza Frankodan ustun kelsa, 120 kun ichida Inoue va Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang tashkil etilishi kerak.
Qayd etilishicha, Naoya Inoue va Sem Gudman o‘rtasidagi to‘qnashuv g‘olibi Ahmadaliyev bilan jang qilish bo‘yicha murojaat qiladi. Ushbu majburiyatni bajarmagan bokschi WBA kamaridan mahrum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev 14 dekabr kuni vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qilishi xabar qilingandi.
O‘sha kuni 29 yoshli Ahmadaliyev Amerikaning Monte-Karlo shahrida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga qarshi ringga ko‘tariladi.
LiveBarchasi