Inoue Ahmadaliyev bilan jangga rozilik berdi

Sport

image

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Inouening promouteri Bob Arum ma’lum qildi. 

Arumga ko‘ra, Naoya 24 yanvar kuni Sem Gudman bilan jang qilganidan so‘ng, may yoki iyun oyida Las-Vegas shahrida WBC kamarini Alan Pikassodan himoya qiladi.

Shundan so‘ng navbat Murodjon Ahmadaliyev bilan jangga yetib keladi. O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni bilan bahs shu yil oxirida yoki 2026 yil boshida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn mijozi yaponiyalik bokschini yutishiga hatto uyini tikishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing